
Respublikasi
Tayyorladi:
Qabul qildi:

Qirgʻiz Respublikasi
Qirgʻiziston (qirgʻizcha: Кыргызстан [ qɯrʁɯz'stɑn] Kirgizstan) yoki Qirgʻiz Respublikasi (qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы) — Oʻrta Osiyoning shimoli- sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolda Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar. Qirgʻizistonning aholisi soni 6 550 000 kishi.

Qirgʻiz Respublikasi
Davlat tuzumi
Qirgʻiziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 5-mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003-yillarda oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Sadir Japarov). U umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jogorku Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Oxirgi marta prezidentlik saylovi 15-noyabr 2017-yilda boʻlib oʻtdi. Yangi prezident etib Soronboy Jenbekov saylandi. Bundan oldin 1-dekabr 2011-yildan 24-noyabr 2017-yilgacha Almazbek Atambayev prezident edi.
Qirgʻiziston Respublikasi prezidentiga nomzod 35yoshdan kichik va 70yoshdan katta boʻlmagan, davlat tilida gaplashaoladigan va 15yildan kam bolmagan muddatda respublika fuqarosi boʻlishi kerak.

Qirgʻiz Respublikasi
Nomini kelib chiqishi
SSSR davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi ular orasida Qirgʻiz SSR (ruscha
:Киргизская ССР, qirgʻizcha
:Кыргыз ССР) ham bor edi. Sovet davrida Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida (ruscha
:Киргизия) nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi. (qirgʻizcha
:«Кыргызстан» yoki Кыргыз Республикасы).

Qirgʻiz Respublikasi
2005-yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991-yil 31- dekabrdan MDH tarkibida. 1992-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31- avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933-yil tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994-yil asos solingan; „Ar- Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994-yil taʼsis etilgan; q. demokratik harakati, 1993-yil. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999-yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998-yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998-yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992-yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992-yil taʼsis etilgan. Q. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan.

Qirgʻiz Respublikasi
Xoʻjaligi
Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.
Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qirgʻiziston
Konstitutsiya Kirgizskoy Respubliki (Kirgizstan), archived from the original on 2009-09-26, qaraldi: 2013-01-04Qirgʻiziston]]
↑ „Қирғизистонда қиз ўғирлашга қарши намойиш ўтказилди
—видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 8-aprel 2021-yil.
↑ Osh stareyshiy teatr respubliki otmetil svoyo 95-letie
↑ Oni stoyali u istokov, archived from the original on 2015-02-03, qaraldi: 2015-02-03Qirgʻiziston]]

Нет комментариевНе стесняйтесь поделиться с нами вашим ценным мнением.
Текст