O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti

Biologiya” kafedrasi

Botanika” fanidan

Kurs ishi

Mavzu: Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limi.

Bajardi: “Biologiya” yo`nalishi 10-21 - guruh

talabasi Abdukarimova Muxlisa

Tekshirdi: Tagayeva D.

Guliston 2022 yil

Mundarija:

Kirish.......................................................................................................................3

I. Adabiyotlar tahlili.......................................................................................5

  1. Asosiy qism.

2.1. O’zbekiston hududining floraviy tuzilishi..................................................8

2.2. Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar haqida dastlabki tushunchalar………….…..11

2.3. Bo’lim vakillarining tuzulishi va tarqalish areali………………………….17

2.4. Qirqbo’g’imsimonlar sinfiga kiruvchi turkum va turlar tarkibi ….…….....19

III. Xulosa..............................................................................................................24

Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................25

KIRISH

O‘simlik hayot manbai, shu bois tabiatdagi barcha tirik mavjudotlarni o'simliklar olamisiz tasavvur etish qiyin. O'simliklar qadim zamonlardan ayni vaqtgacha tabiat va insonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Yer yuzida o'simliklar turlari juda keng tarqalgan. Ularni tabiatning turli burchaklarida va har xil ekologik sharoitda, boshqacha qilib aytganda, jazirama cho'llardan baland qorli cho'qqilargacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. Hozirgi ma’lumotlarga ko'ra, Yer yuzida tuban va yuksak o'simliklarning 500 mingga yaqin turlari o'sadi. O'rta Osiyoda yuksak o'simliklarning 8097 ta va O'zbekistonda 4500 ga yaqin turlari uchraydi. Bu o'simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish botaniklardan ularni har tomonlama mukammal o'rganishni talab etadi. Buning uchun ularning qanday taksonomik birliklardan tashkil topganligini, hayoti, rivojlanishi, tashqi va ichki tuzilishi, tarqalishi, o'sish sharoiti, turli omillarning ularga ta’siri hamda o'tmishini chuqur o'rganish zarur. O'simliklar dunyosi sodda tuzilishga ega bir hujayrali o'simliklardan tarixiy taraqqiyot jarayonida asta-sekin takomillashib borgan. Natijada murakkab tuzilishga ega va hozirgi paytda Yer yuzi o'simliklar qoplamida ustunlik qilayotgan gulli (magnoliyatoifa) o'simliklar paydo bo'lgan. Mazkur darslikning asosiy maqsadi o'simliklarning hujayra va to'qimalardan tuzilganligini, ularning tuzilishi va funksiyalarini, vegetativ va generativ organlarining xilma-xilligini, ularning ichki tuzilishini, anatomiyasini, turli sistematik kategoriyalar (bo'lim, ajdod, qabila, oila va boshqalar.)ga mansub o'simliklarning tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanganligini, turlarning o'simliklar qoplami (fitotsenoz) da tutgan o'rni va tashqi muhit bilan bog'liqligi, ularga turli omillarning ta’sirini atroflicha o'rganishga qaratilgan.

Bular birgina inson hayotidagina emas, balki tabiatdagi mavjud barcha qurt– qumursqalardan tortib to ulkan umurtqali hayvonlar hayotida ham g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Chunki, ularsiz tirik organizmning yashashi mumkin emas. O‘simliklar bizni oziq - ovqat, kiyim – kechak, dori – darmon, qurilish materiallari uchun xom ashyo, yoqilg‘i, chorva mollari uchun yem – xashak; chorva mollari esa bizga go‘sht, sut, teri, yog‘ kabi inson uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni yetkazib beradi, qolaversa, tirik organizm uchun hayotiy zarur hisoblanmish havoni ham tozalab yetkazib beradi.

Mavzuning dolzarbligi. Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limiga mansub bo’lgan noyob turlarini kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 10 martaga, neft mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi. Hayvonot va o‘simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili atmosfera havosiga 5 milliard tonna karbonad angidrid gazi, 200 million tonna uglerod oksidi, 146 million tonna sulfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‘plab qaltis jarayonlar sodir bo‘lmoqda. So‘nggi qirq yil mobaynida dengiz maydoni 7 martadan ortiqroqqa qisqardi, suv hajmi esa 13 barobarga kamaydi. Uning minerallashuvi bir necha o‘n martaga oshgani sababli dengizda jonli organizmlar uchun noqulay muhit vujudga keldi. Natijada dengiz flora va faunasining barcha turlari yo‘q bo‘lib ketdi. Bugun hududlarida nafaqat global ekologik, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi.

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishidan maqsad, qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limiga kiruvchi o’lkamizdagi o’simliklarni jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish. Ulardan oqilona foydalanish chora - tadbirlarini ishlab chiqish hamda kelgusidagi ishlar rejalarini ishlab chiqishdan iborat.

Kurs ishining vazifasi. Quyidagilar kurs ishining vazifalari:

- ,,Qirqbo’g’im”ning dorivor turlarini saqlashga qaratilgan bugun Respublikamiz tomonidan ishlab chiqilgan choralar;

-Yuqoridagi o’simliklarni saqlash, barqarorolashtirish hamda undan unumli foydalanish yo’llari;

Kurs ishining hajmi. Kurs ishi 27 bet, Times New Romanda 14 lik shriftda, 1.5 intervalda yozilgan bo’lib, 3 bobdan: Kirish, Asosiy qism, Xulosalardan iborat. Mazkur ishda 10 ta rasm bor. Rasmlar o’simliklar haqidagi maxsus saytlardan yuklangan sifatli ko’rinishda.

Нет комментариевНе стесняйтесь поделиться с нами вашим ценным мнением.

Текст

Политика конфиденциальности