Biznes asoslari

5-mavzu. Qanday kilib biznesni shakllantirish lozim.

Tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllari. Shaxsiy mulkdorlar. Xamkorlik: korporatsiyalar, franchayzalar, kooperativlar.

Bugungi kunda ma’rifatli bozor iqtisodiyotining muhim talabi - kam mehnat sarflagan holda, ko’proq va sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to’la qondirish va shu asosda foyda olishdan iborat. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni asosiy xarakatlantiruvchi kuch - tadbirkorlardir. Respublikamizning strategik yo’nalishi jamiyat va fan oldiga ishlab chiqarishning muntazam rivojlanishini ta’minlaydigan yangicha iqtisodiy munosabat va g’oyalarni qaror toptirish, iqtisodni boshqarishni tubdan qayta isloh qilish, yangicha xo’jalik yuritish usullarini doimo izlab topish va uni amaliy kundalik hayotga tadbiq qilishni talab qilmoqda. Bu quyidagilarni talab etadi:

− Moddiy ishlab chiqarish sohasiga ko’proq ishbilarmon tadbirkor va bilimdon kishilarni jalb etish;

− Menedjer, marketing, tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti sohasi bo’yicha, turli mutaxassislar uchun doimo har tomonlama yangi bilim berishni keng tadbir-choralarini amalga oshirish;

− Hozirgi bozor iqtisodiyoti muammolarini yechadigan har xil mutaxassislarni tayyorlash;

− Ishlab chiqarish jarayonlarini raqobatga chidamlik qilib tashkil etish;

− Mulkning aksariyat qismini davlat tasarrufidan chiqarish; turli hil mulkchilik shakllarini joriy qilishni tezlashtirish;

− Joylarda mahsulotlarni qayta ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etish;

− Shaxsiy yordamchi xo’jalikni yanada rivojlantirish;

− Xususiy mulkchilikka keng imkon berish;

− Aktsionerlik uyushmalarini tashkil etish;

− Birgalikda aralash korxonalar qurish yo’liga o’tish;

− Ijara, pudrat, dehqon (fermer) xo’jaligi ko’rinishlaridagi xo’jalik yuritish usulini

qo’llashni yanada rivojlantirish;

− Mehnat intizomini mustahkamlash;

− Bozor iqtisodiyoti sohasidagi strategik yo’nalishlar siyosatini tartibga solib, boshqarish yo’lini takomillashtirib borish;

− Chet el munosabatlarini mustahkamlagan holda ularning kapitallaridan unumli foydalanish;

− Moliya-kredit, soliq va bank ishlarini takomillashtirish va x.k.

Biznes-biror faoliyat (ish) yuzasidan bo’lgan munosabat, aniqrog’i ishbilarmonlarning iqtisodiy munosabatlaridir.

Biznesning uch turi mavjud:

1. savdo - vositachilik

2. ishab chiqarish biznesi

3. xizmat ko’rsatish asosidagi biznes.

Ishlab chiqarish biznesida ularning ikki turi ajratiladi:

1. Traditsion turdagi tadbirkor. Bunday tadbirkor har doim talab qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaradi.

2. Novator - tadbirkor. U yangi texnologiyalardan foydalanish asosida ixtirolarni ishlab chiqarishga qo’llaydi va avval ma’lum bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishni yangi usullar yordamida amalga oshiradi. Bunda yangi ishlab chiqarishlar, tarmoqlar yaratilishi mumkin.

Biznes - munosabat sifatida bir qator belgilarga ega: biznesmenlar o’z manfaatlariga ega, foyda olishga intiladiar, hatto xatarli ishga qo’l urishga ham tayyor, tashabbuskor, ishning siru-asrorlarini biladigan, o’zaro iqtisodiy aloqalar madaniyatini egallagan bo’ladilar. Ularning aloqalari hamma ishtirokchilar uchun naf keltiradi. Biznesmen– kapital egasi, mulkdor, mulkini ko’payitirishga intiluvchi shaxs. Biznes - bu ruhsat etilgan, jamiyat a’zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul daromad topishni bildiradi. Biznes keng ma’nodagi qonuniy yo’l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir.

Biznesning mohiyati ayriboshlashdadir. Pulni tovarga va yanada ko’proq pulni, ya’ni foydasi bilan qaytgan pulni tovarga ayirboshlash biznesning mohiyatini ko’rsatadi: Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti pul topishning g’ayri qonuniy usullarini, ya’ni qalloblik, tovlamachilik, poraxo’rlik, o’g’rilik, tilamchilik, bosqinchilik, giyohvand (narkotik) moddalar bilan shug’ullanib pul topish kabilarni xaqiqiy biznes tan olmaydi. Ammo ijtimoiy hayotda g’ayri qonuniy yo’l bilan pul topish uchrab turadi, lekin bu bozor munosabati qonunlari bilan bog’liq emas. Biznes ishbilarmonlik munosabati sifatida o’z sub’ektlari (ishtirokchilari)ga ega, ya’ni yakka tartibda biznes bilan shug’ullanuvchi kishilar, tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi, yakka iste’molchilar birlashmalari va nihoyat, davlatning iqtisodiy idoralariga ega. Tadbirkorik to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining «Tadbirkorlik sub’ektlari» deb atalgan 4-moddasida biznesning (tadbirkorlikning) sub’ektlari deb quyidagilar ko’rsatilgan:

− Xususiy tadbirkorlar;

− Tadbirkorlar jamoasi va tadbirkorlik assotsiatsiyasi;

− Mahsulot (xizmatlar, ishlar)ni iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchi alohida va ko’pchilik (jamoa) shaklidagi iste’molchilar va shuningdek iste’molchilar uyushmasi va assotsiatsiyalari;

− Kontrakt asosida yollanib mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xodimlar va kasaba uyushmalari;

− Bitim tuzishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etuvchi davlat, tuzilmalari (tadbirkorlarga hukumat buyurtmalarini berishda, baho belgilashda, maxsus ishlar va boshqalarni bajarishda imtiyozlar xajmini, tartibini aniqlashda).

Davlat tuzilmalari (organlari) ishbilarmonlar munosabatlariga, ularni qonuniy asosda biznesni amalga oshirishni himoya qilish, kafolatlash maqsadida salbiy (aks) ta’sir ko’rsatish ham mumkin. Bozor iqtisodiyotida brokerlar, dilerlar, marketologlar, bankirlar, moliyachilar, ma’muriy rahbarlar faol ishtirok etadilar.

Tadbirkorlik ob’ekti bo’lib ishlab chiqarish omillarini samarador kombinatsiyasini oqilona ishlab chiqish va natijada maksimal darajada daromad olish hisoblanadi.

Biznesga bozor orqali talab-ehtiyojni qondiruvchi faoliyat ham kiradi.

Iste’molchilar (xaridorlar)ning biznesda ishtirok etishdan manfaati tovar va xizmatlarni sotib olishlaridir. Tadbirkorlik biznesidan farqliroq iste’molchi biznesida hamma fuqarolar qatnashadi, ularning talab-ehtiyojlarini bozor orqali qondirish zarurati faol tadbirkorlikni talab qiladi. Tadbirkorlik biznesning bir qismi, u tovarlar ishlab chiqarish va xizmat turlarini ko’rsatish yo’li bilan daromad topishdir. Biznesga tadbirkorlikdan tashqari boshqa yo’l bilan, masalan pul yoki qimmatbaho buyumlarni bankka qo’yib, daromad topish yoki ijaraga berib pul topish kabilar kiradi, lekin bu faoliyat sohalarida yaratuvchilik yo’q, ya’ni hech bir narsani yaratmay, u boylikdan boylik undirishdan iborat xolos.

Biznes munosabatining ikkita asosiy talabi bor.

Birinchidan, biznes ishtirokchilari suverenitetga, mustaqillik, erkinlikka ega bo’lishlari shart. Ammo bu biznes sub’ektlarining mustaqilligi bilan cheklanmaydi, balki har bir sub’ektning boshqa sub’ekt, ya’ni o’zi aloqa qiladigan sub’ekt manfaatlari bilan hisoblashish, uning niyatlarini va xatti - xarakatlarini bilish va to’g’ri tushunishni ham talab qiladi.

Sub’ektlarning biznes yuzasidan bo’lgan munosabatlari belgilangan tartib-qoidalar doirasida bo’ladi va buni davlat nazorat qiladi.

Ikkinchidan, biznes aloqlaridagi sub’ektlar manfaatlarining murosali munosabatda bo’lishi talab qilinadi. Murosa ish yuzasidan bir-biri bilan aloqa qiluvchilar o’zaro majburiyatlarini kanda qilmay bajarishlarini, xatti-xarakatlari har ikki tomonga zarar keltirmasligini, ularning suvereniteti buzilmasligini taqozo etadi.

Garchi nazariy jihatdan biznes va tadbirkorlik tushunchalari o’rtasida farq bo’lsada, biroq kundalik xayotda biznes bilan shug’ullanuvchi barcha kishilar tadbirkor deb hisoblanadi.

Bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi. Ayrim xollarda ular o’rtasida farq ajratilmaydi, ba’zi holatlarda ham ikkala so’z ham ishlatiladi. Balki bu tushunchalar o’rtasida farq va o’xshash tomonlari ham bor.

Buni biz quyidagi fikrlardan bilamiz. Kichik biznesda, butun bozor iqtisodiyoti singari uchta asosiy jarayon amal qiladi va unda uch xil tabaqadagi shaxslar ishtirok etadi. ularning tavsiloti quyidagi jadvalda keltirilgan. Yakka xolda tadbirkorlikda, mikrofirmalar, kichik korxonalarda tadbirkor, biznesmen va menedjer bitta shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlar yangi korxona yaratadi, unda o’zi biznes bilan shug’ullanadi va uning o’zi menedjerlik vazifasini bajaradi. Shunday qilib, tadbirkor o’zining shaxsiy vazifalarini boshqarish bilan bir vaqtda boshqa birovlarning ishlarini, vazifalarini ham ya’ni mayda tovar ishlab chiqaruvchilik, kapitalist mulk egasi, korxona boshqaruvchisi va x.k. vazifalarni ham bajaradi. Lekin o’z shaxsiy faoliyatining rivojlanishi, ishlab chiqarish xajmini ko’payib borishi bilan, ish xajmini o’sishi va kapitalini ko’payishi, boshqarish ishlarni qiyinlashuvi sababli biznesmen va menedjerlarni ishga qabul qilishiga to’g’ri keladi. Bu erda ko’ramizki, bozor iqtisodiyoti ishtirochilari orasidagi farq yaqqol ko’rinadi. Demak, biznes - pul topish yo’lidagi xarakat, boylikni, mulkni oshirishga intilish bo’lsa, tadbirkorlik - bu ixtiro etish, ishlab chiqarish omillaridan oqilana foydalanish yordamida unga o’xshash bo’lmagan yangilikni yaratish va amalga oshirish yoki eskisini yo’qotib, takomillashtirib ishlab chiqarishni qayta qurish, ya’ni novatorlik. Korxona faoliyatini muvoffaqiyatli olib borishi uchun biznesmen ko’pgina sifatlarga ega bo’lishi kerak:

− O’z soxasini bilimdoni bo’lishi;

− Iqtisodiyot asoslarini bilishi;

− Huquqiy tarbiyachi bo’lishi;

− Psixolog;

− Kompyuter texnikasini bilishi;

− Chet tilini bilishi va x.k.lar.

Biznes soxasida xech kim o’zini yirik mutaxassis deb aytmaydi. Biznesda mutloq printsipial, keskin tushunchalarni ajratish qiyin. Biznes olamida mashxur nazoratchi va amaliyotchi Gerbert

Nyuton Kesonning «Puldorlik san’ati» kitobidagi pul topish va asrash xaqidagi nutqidagi qoidalar berilgan.

1. Aniq maqsadni ko’ring.

2. Qilinadigan ishlarni rejalashtiring.

3. Shartnomalarni doimiyligini ta’minlang va uni saqlab qoling.

4. Mulk hisobiga pul qiling.

5. Tanish bilishlardan foydalaning, ular bilan doimiy aloqa o’rnating.

6. Sotish mumkin bo’lgan narsagagina pul sarflang.

7. O’z foydangizni oling.

8. Narxlar arzonligida sotib oling, qimmatlashganda soting.

9. O’z bankirlaringizning so’zlarini tinglang.

10. Pulingizni har doim aylanib turishini ta’minlang.

11. Qancha pul qo’yish mumkin bo’lsa shuncha qarz oling.

12. Xech qachon qarz bermang.

13. Qarzni ishni rivojlantirish uchun oling.

14. Narxning tebranishini kuzatib boring.

Shunday qilib, biznes faoliyati bozor iqtisodiyotining asosiy bo’g’ini bo’lgan holda bozor xo’jaligi tizimi tufayli tarkib topgan. Bozor iqtisodiyotidagi evolyutsion o’zgarishlar biznes faoliyatini iqtisodiy tashkil etish shart-sharoitlarini ham o’zgartirib boradi. Ularning maqsadlari har xil. Biznesning maqsadi, odatda foyda olish va uni barqaror xolga keltirish, foydani muttasil oshirib borish va boyib ketish, foyda hisobiga kapitali kupaytirishdir. Bunday foyda biznesning keyingi rivojini va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan bo’ladi.

Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g’oyalarni izlash, tahlil qilish, o’zining tashabusskorlik, yaratuvchilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o’z ishni rivojlanishida muvofaqiyatga erishishdir.

Biznesning eng asosiy jihati- bu tadbirkorlikdir. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to’g’risida»ga O’zbekiston Respublikasi Qonunida, (14.04.1999.):

«Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) qonun xujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) yo’li bilan tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir» deb ko’rsatilgan. “Tadbirkor”- yuridik shaxs bo’lsa ham bo’lmasa ham doimiy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkor)» Bunday iboralar ham tadbirkorlik va tadbirkor to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi, ularning mohiyatini etarli darajada yoritmaydi. Tadbirkorlik faoliyati o’zi nima, uning o’ziga xos belgilari va uni amalga oshirishdagi muhim printsiplar qaysilar? Bu masalani V.Dolyaning lug’at kitobidagi tushuncha orqali bir muncha oydinlashtirish mumkin. «Tadbirkor degani yangi bir ishga qo’l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq ishlarni amalga oshirishdir». Tadbirkor, ya’ni o’ylab ish ko’ruvchi kishi- korxona ishini yurgizishga moyil, qobiliyatli, katta xajmdagi ishlarga qo’l ura oladigan,jasur, cho’rt kesar va bunday ishlarga botir bo’lgan kishidir». S.Ojegovaning lug’ati tadbirkor to’g’risidagi tushuncha bir muncha to’ldirilgan: «Tadbirkor - eng kerak paytda o’ylab ish ko’radigan, chorasini topaoladigan, topqir, ixtirochi, ishga amaliy yondoshadigan kishidir». Ikkala lug’atda ham tadbirkorlik faolitining aloxida xili, xatti-xarakatlari, yurish-turishlarida fikrlash qobiliyatlarida aloxida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan faoliyatdir. Bularning xammasi-tashabbuskorlik, xech kishiga ma’lum bo’lmagan usular bilan ish yuritish, tavakkalchilik, ishga yopishish kabi tomonlarni ifodalaydi. Tadbirkorlik va tadbirkor to’g’risida yanada to’laroq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsak iqtisodiy fikrlarning qadimiy ildiziga, tubiga, shunday muammolar bilan shug’ullangan olimlar ishiga murojat

qilishimiz zarur. «Tadbirkor» tushunchasini birinchi marta XVIII asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga kiritgan olim ingliz iqtisodchisi R.Kantilon bo’lgan. U ma’lum bo’lgan baholarda birovlarning tovarlarini sotib olib o’zinikini ham o’ziga noma’lum bo’lgan bahoda sotuvi noma’lum va belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishini tushungan. Bu erda – tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy ko’rsatkichi deb hisoblangan. XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi frantsuz iqtisodchisi J.B.Seytadbirkorni o’z hisobiga va tavakkalchilik bilash ish boshlab qandaydir mahsulotni o’z foydasi uchun ishlab chiqaruvchi shaxs deb tushungan.

Uning ta’kidlashi bo’yicha, tadbirkor ishlab chiqarish omillri - kapital, mehnat, tabiiy resurslardan oqilona, o’rniga qo’yib foydalanadi. Sey tadbirkorning o’ziga xos xususiyatlarini, uning daromadini xarakterini etarli darajada batafsil yozgan edi.

Нет комментариевНе стесняйтесь поделиться с нами вашим ценным мнением.

Текст

Политика конфиденциальности