Chigit va Don ekish mashinlari va ularni ishga tayyorlash tartibini oʻrganish.

Seyalka (rus. Seyat — ekmoq), ekkich — qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlar urugʻini muayyan chuqurlikda tekis ekish, ekinlarni oʻgʻitlash uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinasi. Ekish usuliga koʻra, katorlab, uyalab, urukni aniq tashlab (punktir) va sochib (oʻt urugʻi va oʻgʻitni) ekadigan turlarga bulinadi. Vazifasiga kura, chigit, sabzavot, poliz ekinlari, don (arpa, bugʻdoy, noʻxat, tariq, guruch va boshqalar), makkajoʻxori, bogʻdorchilik S.si farqlanadi. Traktorlar bilan ishlatish usuliga koʻra, S.lar tirkama va osma; ekish apparatlari tipiga koʻra, gʻaltakli va diskli; soshniklari tipiga koʻra, diskli va ankerli turlarga boʻlinadi. Barcha S.lar ishlash jarayoni va tuzili shi jihatdan oʻxshash boʻladi, urugʻni ekish chuqurligi, qator oralari, qatorlar soni va shakli boʻyicha birbiridan farqlanadi. Mas, chigit S.si chigitni qatorlab, kvadratuyalab va zichuyalab ekishga moslashtiriladi, sabzavot S.si urugʻni qatorli va lentali usullarda ekadi va h.k. S, asosan, urugʻ solinadigan yashik, ekish apparati

Maʼlumki, 2022-yil mart oyida respublikaning barcha hududlarida so‘nggi o‘n yillikda ro‘y bermagan surunkali yog‘ingarchiliklar kuzatilib, oylik meʼyordan 3–4 barobar yuqori bo‘ldi. Bunday paytlarda klaster va fermerlar chigit ekish ishlariga o‘ta masʼuliyat bilan yondashishlari, omilkorlik bilan ish ko‘rishlari, olim va mutaxassislarning tavsiyalari hamda ilg‘or tajribalarga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari talab etiladi. Bu yilgi sharoitdan kelib chiqib, chigit ekiladigan maydonlarda birinchi navbatda tuproqning yetilishi va dalaga kirish imkoni bo‘lishi bilan zudlikda yer tayyorlash (tekislash, chizellash, boronalash va mola bosish) va chigit ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kuzatilgan yog‘ingarchiliklar yetarli miqdorda tuproqda tabiiy nam hosil qildi. Ushbu vaziyatdan oqilona foydalangan agrarchilar chigitni tuproqning tabiiy namiga ekib, undirib olish choralarini ko‘rishmoqda. Mutaxassislar pushta olingan maydonlarda pushta usti 10–12 sm yetilishi bilan osma boronalar bilan tunda boronalash va erta tongdan ekish ishalarini amalga oshirish yaxshi natija berishini taʼkidlashadi. Yerlarni chigit ekishga tayyorlash ishlarini tunda amalga oshirish yaxshi samara beradi. Aks holda kunduz kuni boronalash yoki chizellashda hosil bo‘lgan kesaklardan juda tezlik bilan nam bug‘lanib, ushbu kesaklarni keyin maydalab, mayin tuproq hosil qilib bo‘lmaydi.

Qolaversa, yerni tayyorlashda texnikani dalaga keragidan ortiqcha kiritmaslik zarur, chunki texnikani yurishi hisobiga yerlar zichlashadi, namlik tez bug‘lanadi, nihollar har xil muddatda unib chiqishi oqibatida bir tekis ko‘chat olinmaydi.

Surunkali yog‘ingarchiliklar chigitni optimal muddatlarda ekish ishlarini birmuncha kechiktirdi. Bunday sharoitda tuproqda maqbul namlik va harorat yuzaga kelishi bilan darhol chigit ekish ishlariga kirishib, qisqa muddatda yakunlash lozim. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan hamda tuproqning 0–10 sm chuqurlikdagi o‘rtacha haroratini inobatga olib, tukli chigitlarni ekish uchun o‘rtacha 12–14 °С, tuksizlantirilgan chigit ekish uchun 14–16 °С bo‘lganda amalga oshirish maqbul hisoblanadi. Chigit ekishda uning meʼyoriga alohida ahamiyat berish kerak. Tukli chigit gektariga 50–55 kg ekilsa, tuksiz chigitlar 25–30 kg miqdorda ekiladi.

Chigit ekish bilan bir vaqtda gektariga sof holda 15–20 kg azot, 20–25 kg fosforli o‘g‘itlar seyalkaga o‘rnatilgan maxsus moslamalar yordamida ekish chizig‘idan 5–7 sm chetga, 12–14 sm chuqurlikka solinsa, nihollar durkun va sog‘lom o‘sib rivojlanadi.

Shuningdek, seryog‘in kelgan joriy yilda begona o‘tlarni ko‘payishini hisobga olib, chigit ekish bilan birga seyalkalarga o‘rnatilgan PGS-2,4B va 3,6B moslamasi yordamida Stomp (0,8-1,0 l/ga), Kotoran (1,2 kg/ga) gerbitsidlari sepilsa, ularning zarari kamayadi.

Oʻzbekistonda chigit, boshoqli don (arpa, bugʻdoy), sabzavot ekinlari (sabzi, piyoz, rediska va turp), kartoshka ekish, bogdorchilik (uzum, anor, anjir va boshqa mevali daraxt koʻchatlari ekish) S.lari ishlatiladi. “Oʻzbekqishloqmash” AJ da chigit ekish S.si (SMX4), paxtamakkajoʻxori S.lari (SMX3,6/4,2 va SMX5,4), qand lavlagi, makkajoʻxori, karam, baqlajon, yer yongʻoq, kunjut ekish uchun moʻljallangan pnevmomexanik S.lari (SXM40,4, SXM40401), don S.si (SMZ24), kartoshka S.si (KS2, KS4), mayda sabzavot ekinlari S.lari (HP.302, NR.300201); “Urganchozuqamash” AJ da chigitni anik, ekish S.si (STV8M), “Kimyoqishloqmash” AJ da chigitni ekish oldidan namlagich apparat (USN4) va boshqa ishlab chiqariladi.

Erta koʻklamda chigit endigina unib chiqqanda nihollarni sovuqdan asrash, qatqaloqning oldini olish maqsadida ekinzorlar ustiga plyonka yopish uchun moʻljallangan moslama (PRP4) (“Oʻzbekqishloqmash” AJ) S.lar SMX4, STX4, SCHX4 va SXU4 larga oʻrnatiladi. Barcha S.lar traktorlar bilan agregatlab ishlatiladi.[1]

Surxandaryo viloyatida chigitni plyonka ostiga ekish jarayoni

Ekin maydoni — qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan haydalma yerlar. U m u miy Ekin maydoni (koʻp yillik bogʻlar, tokzorlar, oʻrmonlardan tashqari barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan yerlar), ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlari Ekin maydoni (paxta, sholi, kartoshka, kanop, tamaki va b), ekin guruhlari Ekin maydoni (bahori va kuzgi don, texnika, sabzavotpoliz ekinlari va boshqalar)ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda barcha ekin maydoni (ming ga) — 3785,1 shundan don ekinlari 1789,0 (boshoqli don ekinlari 1618,6, shu jumladan, bugʻdoy 1507,2), texnika ekinlari 1442,8 (gʻoʻza 1392,7), kartoshka 49,1, sabzavot 145,3, ozuqabop poliz ekinlari 41,1 yemxashak ekinlari 315,5 (2003).

Qishloq xoʻjaligini samarali yuritishda Ekin maydoniga turli ekinlarni muayyan nisbatlarda ekish —Ekin maydoni tarkibi muhim ahamiyatga ega. Xoʻjaliklar, tumanlar, viloyatlar va mamlakat boʻyicha Ekin maydonining asosiy ekin bilan bandligi ixtisoslashuv va almashlab ekish negizini tashkil etadi. Mas, 1988-yilda Oʻzbekistonda Ekin maydonining 70% gʻoʻza, 3,8% don ekinlari, 5,8 % makkajoʻxori, 4,2% sabzavotpoliz ekinlari va kartoshka, 16,2% beda bilan band boʻlgan. 2003-yilda esa don ekinlari 47,3%, shu jumladan, bugʻdoy 39,8%, texnika ekinlari 38,1, shu jumladan, gʻoʻza 36,8%, kartoshka 1,3%, sabzavot va poliz ekinlari 4,9, yemxashak ekinlari 8,3% dan iborat boʻddi.

Ekinlar guruhlari yoki turlari, mas, gʻalla, sabzavot, gʻoʻza Ekin maydonini aniq hisoblash qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti hajmini toʻgʻri aniqlashga imkon beradi (qarangYalpi hosil

Нет комментариевНе стесняйтесь поделиться с нами вашим ценным мнением.

Текст

Политика конфиденциальности