“TASDIQLAYMAN”
MAKTAB DIREKTORI
______________________________
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi
89-19-guruh talabasi Ergashev Navruzbekning
Guliston tumani 29-umum ta’lim maktabida o’tagan pedagogik amaliyotning
Tarbiyaviy soat fanidan bir soatlik dars ishlanmasi
Guliston -2023
Sana: ____________________
26-mavzu: Amir Temur va jahon madaniyati.
Kun shiori: “Agar bizning kimligimizga shubha qilsangiz biz qurdirgan binolarga boqing”.
Maqsad: O’quvchilarga o’tmishda o’tgan buyuk ajdodlarimiz haqida umumiy ma’lumot berish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy obidalarni asrab – avaylash.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, taassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanilgan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston tarixidan olingan adabiyotlardan va internet ma’lumotlari asosida qilingan ko’rgazmali qurollar, rasmlar, slaydlar va taqdimotlar.
Doskada: Dars o’tladigan sana va mavzu yozilganligi
O’qituvchi:
Bolalar ! Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan . Uning otasi Amir Muhammad Tarag‘ay turkiy barlosning taniqli oilasidan edi.
Ma'lumki, Amir Temurning onasi Takina Mohibegim bo'lgan, ammo uning kelib chiqishi juda ziddiyatli ma'lumotlar bo'lib kelgan. Amir Temurning bolaligi va yoshligi Kesh tog‘larida o‘tgan. Amir Temur ov va ot sportini, nayza va kamon otishni yaxshi ko‘rgan , yoshligida urush o‘yinlariga ishtiyoqi baland edi .
Amir Temur mard va vazmin edi. U og'ir vaziyatlarda mulohaza yuritish bilan to'g'ri qaror qabul qila oldi. Bu xususiyatlar va odamlarni o'ziga jalb qiladi. Harbiy xizmatni Temur mahalliy hukmdorlar boshladi. Shon-shuhrat Temurni Movarounnaxrning nufuzli amirlari bilan birga olib keldi.
Manbalarga ko'ra, Amir Temur shaxmatni yaxshi ko'rgan , ehtimol o'z davrining chempioni bo'lgan.
U Xitoyga qarshi yurish paytida vafot etdi.
Amir Temur o'sha paytda hali qurilishi tugallanmagan Go’ri Amir maqbarasiga dafn etilgan . Rasmiy marosimlarni 1405-yil 18-martda Temurning nabirasi Xalil Sulton (1405-1409) oʻtkazgan.

1. Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir.
Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo’lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab fan va san’at ahllarini, hunarmand me’morlarni va musavvirlarni to‘pladi.
Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun’iy sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo’lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan ta’minlandi. Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig‘ir ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, limon yetishtirilgan.
Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘ barpo etilgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug‘bek davrida qo‘ychilik va yilqichilikka alohida e’tibor berilgan.
Tog‘-kon ishlari yo’lga qo‘yilib, turli ma’danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan.
Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o‘rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, qarshi shaharlarida yangi hunarmandchilik mahalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duhoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan.
Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil ma’dan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalagan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.
Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalgan. qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. Yog‘och o‘ymakorligida naqshin binolar qurilgan va buyum jihozlar yasalgan. Samarqand qog‘ozi hatto chet o‘lkalarda mashhur bo‘lgan.
Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Chet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muhim ahamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yo’llar qurdiradi, karvon yo’llarida karvonsaroylarni ko‘paytiradi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo hunarmandchilik inshoatlari qad rostladi. Shahar bo‘ylab o‘tgan keng ko‘chaning ikki tomoniga do‘konlar jolashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ihtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va hunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi. Shuningdek, bozorlarda qo‘lyozma kitoblar, yozuv qog‘ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar ham o‘tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she’riyat, ilm-fan haqida suhbatlar bo‘lgan, farmonlar e’lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko‘rsatilgan, masjid, madrasa, hammom bozorga yaqin joyga qurilgan.
Temuriylar davrida karvon yo’llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlar almashtirish joylari qurilgan.
2. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko‘tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «qudratimizni ko‘rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me’moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan «Shahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g‘arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog‘-rog‘lar qurildi.
Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. Shaharda «Hisori», qal’a, ulug‘vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko‘hak tepaligida Cho‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandok bilan o‘ralib (1371 y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib devor bilan o‘ralgan. Shaharga oltita darvozadan kirilgan.
Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko‘plab qurildi. Temur Hindiston yurishidan so‘ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro‘parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug‘bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.
Ulug‘bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli Ko‘kaldosh jom’e masjidi qad ko‘tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko‘kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xo‘ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Temur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozisiya va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligi ajralib turadi.
Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozisiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar.
Temur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo‘lib, ular o‘zlari she’r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o‘z she’rlaridan devon tuzganlar.
Xuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko‘p bo‘lib, adabiy hayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga ham e’tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham qatnashgan.
Temur va temuriylar davri ma’naviy hayotida diniy falsafa katta o‘rin tutadi. So‘fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy-ma’naviy sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bahovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boyitib, balogardon martabasiga ega bo‘lgan karomat sohibi edi. XV asrda Naqshbandiya tariqatining davomchisi Xoja Ubaydulloh Ahrordir. Samarqandga kelgan Xoja Ahror Valini temuriylar o‘zlariga pir deb biladi. Xoja Ahror Naqshbandiya Xojagon tariqatining yo’nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatidan tashqari ijodkorlik ilmi bilan ham shug‘ullanib bir nechta asarlar yozgan.
O‘rta Osiyoda Temur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotining tamal tojini Buyuk sohibqiron Amir Temur qo‘ygan edi.
Topshiriq: “Men ham bilaman” mashqi. O’quvchilar ham Amir Temur bobomiz haqida yana nimalarni bilish kerakligini bilish uchun yana bu borada bir necha topshiriqlar berildi.
Tekshirdi: _________________________________________________________

Нет комментариевНе стесняйтесь поделиться с нами вашим ценным мнением.
Текст