

REJA
Reja:
1)Pensiya ta'minoti
2)Pensiyaning turlari
3)Jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti
4)Pensiya borasidagi o'zgarishlar...

Pensiya jamgʻarmasi - aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshi-radigan jamgʻarma. Dastlab Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasi 1991-yil 14-yanvarda sobiq SSSR Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi boʻlinmasi maqomida tu-zilgan. 1993-yil 4 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarma-siga aylantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1996-yil 27 dekabrda "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisi-da"gi qarori bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida tashkil etildi. 2001-yil 1-yanvardan Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ga aylantirildi.

•Pensiya jamgʻarmasining asosiy vazifalari: fuqarolarning ijtimoiy taʼminotga va ijtimoiy sugʻurtaga boʻlgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini toʻliq amalga oshirish; davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badal va ajratmalarni yigʻish va jamlash; "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida" qonunga muvofiq pensiyalarning oʻz vaqtida toʻlanishiga, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar toʻlash harajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash va boshqa Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar; bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar; vaqtincha mehnatga layoqat-sizlik nafaqalari, shu jumladan, homiladorlik va tugʻish nafaqasi; bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar; dafn marosimi nafaqalari; qonun hujjatlariga muvofiq, Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa toʻlovlarberiladi.

•Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxo- nalar, muassasalar va tashkilotlarning sugʻurta badallari (37,3%), fuqarolarning ish haqidan majburiy sugʻurta badallari (2,5%), shuningdek, yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklari aʼzolardan qonunda belgilangan miqdorda; mulkchilik shakllaridan qati nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning amaldagi 0,7 % miqdorida majburiy ajratmalari summalaridan va boshqa qonunda belgilangan ajratmalardan shakllanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasining jami daromadlari 480748349,38 ming soʻmni, jami harajatlar 477988271,96 ming soʻmni, davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunga asosan, pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2905976 kishini tashkil etadi (2003; 1-yanvar). Respublika Pensiya jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar boʻlimlari va 213 ta tuman va shahar shoʻʼbalari bor (2003).
Norsoat Allayev.[1]

•Pensiyaning qanday turlari bor?
O'zbekistonda pensiyaning uchta turi mavjud. Bular:
-yoshga doir pensiya
-nogironlik pensiyasi
-boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Shaxs vafot etsa uning qaramog'ida bo'lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a'zolari boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo'ladi.

•Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti
Quyidagilar jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotini olishlar mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari; O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashish
Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.

•Yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishlari lozim.
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish
Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag‘lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlaridan, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi.

•Pensiya borasidagi o'zgarishlar...
Pensiya taʼminoti oʻz ahamiyatiga koʻra mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotida va davlat moliya-byudjet tizimida katta oʻrin tutadi.

Ushbu tizim mehnat bozori holati va soliq sohasi, shuningdek, mamlakatimizdagi demografik vaziyat bilan chambarchas bogʻliq. Shu bois, pensiya tizimi joriy munosabatlarni hisobga olgan holda iqtisodiyotga nisbatan yuklamani kamaytirishga xizmat qilishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqa yoshidagi insonlarning turmush darajasini qoʻllab- quvvatlash, fuqarolarning pensiya olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning kafolatlarini kuchaytirish muhim vazifa. Uning ahamiyati, ayniqsa, butun dunyoda davom etayotgan pandemiya davrida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda

Нет комментариевНе стесняйтесь поделиться с нами вашим ценным мнением.
Текст